"Manchester Yunayted" rahbariyati hozircha Ruben Amorimga bo‘lgan ishonchni saqlab qolmoqda, ammo yana muvaffaqiyatsiz natijalar davom etsa, u iste’foga chiqarilishi mumkin.
The Sun xabariga ko‘ra, mankunianliklar hozirda "Kristal Pelas"ni boshqarayotgan Oliver Glasner variantini diqqat bilan kuzatmoqda. Avstriyalik mutaxassis "burgutlar" bilan shartnomasini uzaytirmasa, kelasi yozda London klubini tark etadi.
Ma’lumot uchun, Glasner "Pelas"ni juda uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Angliya kubogida g‘alabaga yetakladi. Jamoa joriy mavsum boshida "Liverpul"ni yengib, Angliya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.













