Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Agar faqat tarbiyalanuvchilar gollari hisobga olinsa...

Agar faqat tarbiyalanuvchilar gollari hisobga olinsa...

Baho:
+ | -

Qiziq savol: agar har bir klubning faqat o‘z tarbiyalanuvchilari tomonidan urilgan gollar inobatga olinsa, APL-2024/2025 jadvali qanday ko‘rinish olardi? Sports.ru sayti ijodkorlari ayni shu yo‘nalishda tahliliy-statistik maqola tayyorlashdi. Ular shuning barobarida legioner futbolchilarning gollarini chetga surgan holda ham alohida jadval tuzib chiqishdi. Xo‘sh, natijalar qanday?

«ARSENAL» - CHEMPION!

Ha, agar faqat klub tarbiyalanuvchilari gollari inobatga olinsa, «Arsenal» chempion! Yana biror mag‘lubiyatsiz. Hattoki, gol qo‘yib yubormagan holda. Ha, bu APLning muqobil talqinidir, ammo xayoliy kubokni bemalol sovrinlar vitrinasida «xG bo‘yicha «PSJ» ustidan qozonilgan 3ta g‘alaba», «Deklan Raysning «Real» darvozasiga jarima nuqtasidan urgan 2ta chiroyli goli» va albatta, «Manchester Siti» bilan o‘yindagi 5:1» kabi «sovrin»lar qatoriga qo‘yish mumkin. Ushbu virtual ligada «MYU» ham yengilmas maqomiga ega. Biroq mag‘lubiyatsiz mavsum «qizil iblislar»ga kuchli uchlikka kirishnigina kafolatladi. Umuman, 20ta klubdan 8tasining gol ustunida «0» porlab turibdi. Ya’ni shuncha ishtirokchida gol uradigan tarbiyalanuvchi topilmagan. Afsus, bugungi transferlar bozori jamoalarni o‘z yulduzlarini rivojlantirishga undolmaydi, hatto moliyaviy «feyr-pley» qoidalari ham ojiz...

FIL FODEN - BOSH TO‘PURAR!

«Manchester Siti» vakili Fil Foden o‘z darajasi bo‘yicha omadsiz mavsum o‘tkazganiga qaramay, klublar tarbiyalanuvchilari orasida yaqqol to‘purar. Top-10 shaklidagi ro‘yxatda 1 yil muqaddam ham deyarli eshitilmagan ism-familiyalar ko‘p: Jek Xinshelvud, Itan Nvaneri, Tayler Dibling. «Chelsi»ning markaziy himoyachisi Livay Koluill esa yakunlangan mavsum «Spartak» (Moskva)dagi adashi Livay Garsiyadan ikki baravar ko‘p gol urdi.

FAQAT MAHALLIY FUTBOLCHILAR GOLLARI BILAN

Agar faqat angliyalik futbolchilarning gollari inobatga olinsa, unda «Aston Villa» 69 ochko bilan turnir jadvalining 1-qatoriga joylashadi. Birmingem jamoasida gollarning yarmidan ko‘pi mahalliy futbolchilar hisobiga yozildi. E’tiborli fakt: Olli Uotkins va Morgan Rojers birgalikda 24ta gol urishdi. Bu esa APLdagi 17ta jamoaning jami «inglizcha» golidan ko‘pdir. Bunday jadvalda «Chelsi» ishonch bilan 2-o‘rinni egallaydi. Asosan Koul Palmer (15ta gol), Noni Madue­ke (7ta gol) va Jeydon Sancho (3ta gol) tufayli. Qizig‘i, legionerlarning gollari chetga surib qo‘yilsa, Chempionshipga tushib ketgan «Ipsvich» naq 7-o‘ringa ko‘tarilardi. Biroq jamoaning «inglizcha» gollarining yarmidan ko‘pi (12ta)ni urgan Liam Delap ketishga ulgurdi - u endi «Chelsi»ga tegishli. Bu jadvalda «Tottenxem» va «MYU»ning asl pozisiyasi biroz o‘zgaradi, asosiysi, har ikki klub quyi ligaga tushib ketmaydi virtual hisob-kitob bo‘yicha. Amaldagi chempion «Liverpul»ga qarang: Arne Slot jamoasi atigi 4ta g‘alaba va 7ta gol bilan 15-o‘rinda. Boz ustiga, gollarning deyarli yarmi ayni payt Mersisaydning qizil tomonida ismini talaffuz qilish taqiqlangan futbolchi tomonidan urilgan. Jadvalni «Sautgempton», «Brentford» va «Vulverxempton» yopib turibdi. «Bo‘rilar» hisobida hattoki, 1ta ham «inglizcha» gol yo‘q. Klubda markaziy himoyachi Kreyg Douson atigi 1032 daqiqalik o‘yin vaqti bilan angliyaliklar orasida eng ko‘p amaliyot olgan futbolchi bo‘lganini hisobga olsak, bunda ajablanadigan tomoni yo‘q.

OLLI UOTKINS RAQOBATDAN XOLI

Olli Uotkins angliyalik to‘pararlar orasida mutlaq peshqadam. Koul Palmer undan 3ta gol darajasida orqada. APL faxriylari Danni Uelbek va Jeymi Vardini alohida e’tirof etish kerak. Ushbu ro‘yxatga nazar tashlasak, angliyalik funksionerlarning legionerlarga nisbatan cheklov o‘rnatish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishlari kerakdek tuyuladi. Deylik, boshqa chempionatlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan «6+5» shaklida. Biroq APLda ob-havoni aynan xorijliklar belgilayotganlarini unutmaslik kerak...

Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:59, 25.09.2025.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.