Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Jiru Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi

Jiru Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

"Lill" hujumchisi Olivye Jiru Yevropa Ligasi rekordchisiga aylandi. Taniqli faxriy Norvegiyaning "Brann" jamoasiga qarshi o‘yinning (2:1) 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 80-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Opta xabariga ko‘ra, Jiru Yevropa Ligasi va UEFA Kubogi tarixida zaxiradan maydonga tushganidan keyin darvozani ishg‘ol qilgan eng keksa futbolchi hisoblanadi. Hujumchi 38 yoshu 360 kunligida o‘zini ko‘rsatdi.

Olivye Jiru o‘tgan yozda "Lill" safiga "Los-Anjeles"dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining barcha turnirlarda "itlar" uchun beshta o‘yinda uchta aniq zarbasi bor.

Umumiy bosqichning ikkinchi turida "Lill" Italiyaning "Roma" klubiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:07, 26.09.2025.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик