Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

PFL "Navbahor"dagi vaziyatni o‘rganishni so‘rab Assosiasiyaga murojaat yo‘lladi

PFL "Navbahor"dagi vaziyatni o‘rganishni so‘rab Assosiasiyaga murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Buxoro" klubiga qarshi o‘yinda "Navbahor" 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. 20-sentyabr sanasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Rossiyalik mutaxassisning matbuot anjumanida bildirgan fikrlari Liga e’tiborini tortdi. Unda Lushchan ayrim futbolchilar raqib jamoa foydasi uchun harakat qilganligini va bu kabi holatlar tegishli organlar tomonidan o‘rganib chiqilishi lozimligini qayd etgan. Bunga qadar ham murabbiy matbuot anjumanlarida bir qator keskin fikrlar bildirgan bo‘lib, ularda nomma-nom sanamagan bo‘lsa-da, o‘zining ayrim shogirdlariga nisbatan konkret ayblovlari borligini bildirgandi.

"Navbahor" klubidagi muhit Liga nazdida sog‘lom emasdek taassurot uyg‘otadi. Garchi, klub mavsumning birinchi davrasini ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan bo‘lsa-da, moliyaviy tomondan qiyinchiliklar mavjud ekanligi ko‘rinib turdi. Xususan, na klub va na viloyat hokimligi tomonidan Assosiasiya hamda Ligaga taqdim etilgan kafolatlarga amal qilindi. Ayni vaqtda ham klub eski qarzdorlikni bartaraf eta olmagan. Shunga qaramay, klub mavsum boshida xorijiy yig‘inda ishtirok etdi va ayrim tajribali futbolchilarni o‘z safiga qo‘shishda davom etdi. Lushchan tomonidan bildirilayotgan fikrlarning haqiqatga qanchalik yaqin ekani, klubdagi vaziyatga moliyaviy holat qanchalik ta’sir qilayotgani, futbolchilar oldida ehtimoliy qarzdorlikning mavjud ekanligi ularning sport formasi hamda kayfiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani va oxir-oqibat bu holatlar klub natijalarida qanday rol o‘ynayotganligi Liga uchun muhim hisoblanadi.

Boisi, Sergey Lushchan tomonidan yuqorida bildirilgan fikrlar ichki chempionatning sport yaxlitligi, undagi sog‘lom raqobat va haqqoniy o‘yinlar masalasiga nisbatan qator savollarni keltirib chiqaradi. Agar murabbiyning fikrlari va yoki unda mavjud shubhalarda asos mavjud bo‘lsa, endilikda bu faqatgina klubning ichki ishi bo‘lmaydi va u tabiiyki, Superligadagi sog‘lom raqobat masalasiga putur yetkazadi. Aksincha holat bo‘lib, murabbiy o‘z bayonotlari uchun asos topib bera olmasa, demak u o‘z so‘zlariga qo‘shimcha izoh berishi shart.

Shularni inobatga olgan holda, "Navbahor" klubidagi vaziyatni o‘rganish uchun Liga Assosiasiyaning Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasiga murojaat qilishni lozim deb topdi. So‘nggi bor maxsus inspeksiya shu yilning iyun oyida futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidagi qalbaki hujjatlar masalasini o‘rganib, masalaga to‘la oydinlik kiritib bergandi. Umid qilamizki, yuqoridagi masala ham atroflicha o‘rganib chiqiladi va uning xulosasi Liga a’zosi bo‘lgan har qanday klub va uning rasmiylariga ogohlik bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:43, 26.09.2025.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.