Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlar hamda o‘smirlar jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlar hamda o‘smirlar jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qozog‘iston futbol federatsiyasi o‘rtasida ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu hamkorlik tizimli bo‘lib, sheriklik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan. Bugungi kunga qadar turli darajadagi – milliy terma jamoalardan tortib o‘smirlar va ayollar jamoalarigacha – muntazam o‘yinlar o‘tkazib kelinayotgani buning yaqqol isbotidir.

Jumladan, joriy yilning oktyabr oyida ikki mamlakat yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan:

12 va 14-oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston U-21 terma jamoalari o‘rtasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

3–14-oktabr kunlari Olmaota shahrida esa U-15 terma jamoalari o‘zaro ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Shuningdek, yoshlar va ayollar terma jamoalari ishtirokida ham muntazam tarzda o‘zaro uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Alohida ta’kidlash lozimki, ayni paytda O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qozog‘iston terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi bellashuvlari allaqachon belgilab qo‘yilgani sabab, milliy jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvni 2026-yilda tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:04, 26.09.2025.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик