Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

APL. Xolandning dubli va 2 ta avtogol «Manchester Siti»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi

APL. Xolandning dubli va 2 ta avtogol «Manchester Siti»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 6-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» — «Byornli» bahsi yakunlandi. «Etixad» stadionida o‘tgan uchrashuvda «shaharliklar» 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Maksim Esteve ikki marta o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Dastlab 12-daqiqada «Siti»ni hisobda oldinga olib chiqdi, keyin 65-daqiqada yana avtogol urdi. jeydon Entoni 38-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Mateus Nunes 61-daqiqada «shaharliklar»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida Erling Xoland ikki marta gol urib, dubl rasmiylashtirdi.

Abduqodir Husanov jarohat tufayli "Siti"ning mazkur bahsini o‘tkazib yubordi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 10 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Byornli» esa 4 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

Keyingi turda «Siti» 5 oktyabr kuni safarda «Brentford»ga qarshi bahs olib boradi. «Byornli» esa xuddi shu kuni mehmonda «Aston Villa»ga qarshi o‘ynaydi.

APL, 7-tur
"MANCHESTER SITI" - "BYORNLI" - 5:1
Gollar: 1:0 — Esteve (avtogol), 12’, 1:1 — Entoni, 38’, 2:1 — Nunes, 61’, 3:1 — Esteve (avtogol), 65’, 4:1 — Xoland, 90’, 5:1 — Xoland, 90+3’

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:08, 27.09.2025.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик