"Manchester Yunayted" shanba kuni "Brentford"ga safarda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, yana bir umidsizlikka uchradi.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘yindan so‘ng shunday dedi: "Albatta, biz g‘alaba qozonishni xohladik. Biroq o‘yinni nazorat qila olmadik.
Barcha muhim faktorlar o‘yinda bizga qarshi edi. Yana mag‘lub bo‘lish alamli, ammo keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak", – dedi murabbiy.













