Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot: "APLda standartlar tobora katta kuchga aylanib bormoqda"

Slot: "APLda standartlar tobora katta kuchga aylanib bormoqda"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 6-turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas"ga (1:2) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘lim juda qiyin kechdi. Raqib yaxshi o‘ynadi va 1:0 hisobida oldinga o‘tishga loyiq edi. Yaxshiyamki, biz faqat bitta to‘p o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda esa aksincha bo‘ldi. Hisobni tenglashtirish uchun bizga vaqt kerak bo‘ldi. Ikkinchi standartdan keyin ular gol urib, g‘alaba qozonishdi.

Agar APLda kurashmoqchi bo‘lsang, standartlarda juda yaxshi muvozanat bo‘lishi kerak. O‘tgan mavsumda bu bizning kuchli tomonimiz edi. Bu mavsumda esa "Nyukasl"dan ikki marta va bu yerda ikki marta gol o‘tkazib yubordik. APLda standartlar tobora katta kuchga aylanib bormoqda," - dedi Slot.

"Liverpul" navbatdagi o‘yinini 30 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida safarda "Galatasaroy"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 08:18, 28.09.2025.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик