"Barselona" futbolchisi Jyul Kunde "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda (2:1) urilgan goli haqida fikr bildirdi.
"Gol urganimdan xursandman. Markus Reshford menga ajoyib uzatma berdi. Tanaffusga qadar hisobni tenglashtirish biz uchun muhim edi - bu gol bo‘lmaganida, ikkinchi bo‘limda qiyinroq vaqtlarni o‘tkazgan bo‘lardik", - dedi Kunde.













