"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Xolandni Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan solishtirishga loyiq deb hisoblaydi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda “shaharliklar” safida 7 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.
"Gol urish borasida uni Ronaldu va Messi bilan solishtirish mumkin. Erling hatto o‘z yoshiga nisbatan kutilganidan ham ko‘p gol urmoqda", – dedi Pep.













