Kirish Ro'yxatdan o'tish

Runi Amorim "MYU"dagi vaziyatni o‘zgartirishiga ishonmaydi

Runi Amorim "MYU"dagi vaziyatni o‘zgartirishiga ishonmaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi mankunianliklarning Ruben Amorim qo‘l ostidagi istiqbollari haqida gapirdi.

"Qizil iblislar" faxriysi APLdagi muvaffaqiyatsiz startdan keyin portugaliyalik mutaxassis jamoa o‘yinini yo‘lga qo‘yishiga ishonmayapti.

"Amorim hali yosh murabbiy. Uning kelajagi porloq. Chin dildan umid qilamanki, u vaziyatni o‘zgartira oladi. Ammo mendan "U buni qila olishiga ishonasizmi?" deb so‘rashsa, ko‘rganlarimdan keyin bunga ishonmayman," - dedi ekspert The Wayne Rooney Show podkastida.

Angliya chempionatining 6 turidan so‘ng "Manchester Yunayted" 7 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 18:50, 29.09.2025.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик