Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Fevzi Davletov: «Bunday o‘yinlarni yutish uchun gol urish zarur»

Fevzi Davletov: «Bunday o‘yinlarni yutish uchun gol urish zarur»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

O‘yin haqida

— Men o‘yinni ikki xil bo‘limga bo‘lgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda jamoa balandroq o‘ynadi va raqib darvozasiga yaqinroq harakat qildi. Biz vaziyatlar yaratishga harakat qildik, ko‘rdikki, raqib darvozasiga yaqinlashuvlar bo‘ldi, lekin hujumlarni yakunlashda oxirgi pas bilan muammolar kuzatildi.

Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq himoya haqida o‘ylashga to‘g‘ri keldi. O‘yinni kuchaytirish uchun o‘zgarishlar qilmoqchi bo‘ldik, ammo bu amalga oshmadi. Afsuski, so‘nggi vaziyatda, gol o‘tkazib yuborganimizda, himoya Sergeevni nazoratdan chiqarib qo‘ydi. Bunday o‘yinlarni yutish uchun gol urish kerak. Biz ketma-ket uchinchi o‘yinda gol ura olmayapmiz.

— Fevzi Rizayevich, sizning o‘zingiz professional futbolchi bo‘lgansiz va yuqori darajada o‘ynagansiz. Sergeevning goli bo‘lgan so‘nggi vaziyatni qanday baholaysiz?

— Himoyachilar oxirigacha ishlamadi. Bunday vaziyatda himoyachi doimo futbolchi bilan birga o‘ynashi kerak. Men tanaffusda himoya chizig‘ini baland ko‘tarmaslik kerakligini aytgan edim. Biz bu holatni tahlil qilamiz va kerakli xulosalarni chiqaramiz.

— Bugun "Surxon"da bir nechta yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Xususan, Jumayevning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza to‘sinigiga tegdi. Ammo jamoa ketma-ket uchinchi o‘yinda gol ura olmayapti. Bu nimaga bog‘liq?

— O‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz, so‘nggi mavsumlarda bizning futbolchilar qancha gol urganini. Lekin faqat bitta Rustam Turdimurodovga umid qilib bo‘lmaydi. Boshqalar ham yordam berishi kerak. Bu – jamoaviy o‘yin. O‘ynash va yutitish uchun gol urish zarur. Vaziyatlardan foydalanishi bo‘lishi shart.

— Jamoa sardori Behzod Shamsiyev bugun tayanch yarim himoyachi pozisiyasiga qaytdi. U ancha vaqtdan beri bu zonada o‘ynamagan bo‘lsa-da, bugun yaxshi taassurot qoldirdi. Uning o‘yini bo‘yicha baho bering?

— Jamoaning ikki markaziy yarim himoyachisi jarohat sabab safdan chiqdi. Shuning uchun biz Shamsiyev tayanch zonada o‘ynashiga kelishdik. Aslida, bu pozisiya unga begona emas. Menimcha, u bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:37, 29.09.2025.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.