Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasida "Barselona" bilan o‘ynamaydi.
"PSJ" vingeri Chempionlar Ligasi 2-turining chorshanba kungi o‘yini qaydnomasidan o‘rin olmadi. Yakshanba kuni Liga 1 doirasida "Oser"ga qarshi o‘yinda (2:0) Xvicha sonidan olgan jarohati tufayli 1-bo‘limdan so‘ng almashtirildi.
Shuningdek, jarohat olgan Usmon Dembele va Dezire Due ham "Barselona" bilan o‘ynamaydi. "PSJ"ning so‘nggi o‘yinida jarohat olib zaxiraga olingan Vitinya qaydnomaga kiritilgan.














