Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Belarus U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Chaley: «O‘zbekiston — yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida yorqin futbolchilar bor»

Belarus U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Chaley: «O‘zbekiston — yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida yorqin futbolchilar bor»

Baho:
+ | -

Belarus yoshlar terma jamoasi (U-16) ustozi Dmitriy Chaley III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston U-16 jamoasiga qarshi o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirdi.

— Biz raqib bilan tanishmiz — bu juda baquvvat va yaxshi shakllangan jamoa, unda yorqin futbolchilar bor. Shuning uchun uchrashuv oson kechmasligini kutgandik. Qolaversa, biz uch kunda ikkinchi o‘yinni o‘tkazdik, ular esa bizga qarshi debyut qilishdi. Umuman olganda, birinchi taym biz uchun yaxshi o‘tdi: mashg‘ulotlarda tayyorlagan narsalarni o‘yinda amalga oshira oldik, ikki gol urdik va uchinchi golni ham kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Ikkinchi taymda kuchimiz tugay boshladi, pressingda shunday yuqori sur’atni saqlab qolish qiyin bo‘ldi. O‘zbeklar esa aksincha ikkinchi nafasni topishdi — bu ularning ilk uchrashuvi bo‘lgani uchun ancha tetik ko‘rindi va hisobni tenglashtirishni istashdi. Ular o‘yinda o‘zgarish qildi va yanada tajovuzkor harakat qila boshladi. Biz ularni to‘xtatishga urindik. O‘ylaymanki, himoyada yomon ishlamadik. Asosan, darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi, ammo bosim juda katta bo‘ldi. So‘nggi 10-15 daqiqa umuman pastki blokda “o‘tirishga” to‘g‘ri keldi. Faqatgina qo‘shimcha vaqtda o‘zbeklar bir golni urishga muvaffaq bo‘lishdi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan.

G‘alabaga qaramay, o‘yindan keyin yoqimsiz taassurot qoldi. Undan tashqari, shu gol ham salbiy hissiyotlar qo‘shdi. Albatta, musobaqa reglamentidan ko‘p jihatlar kelib chiqadi. Masalan, qur’a natijalariga ko‘ra endi bizga ko‘p narsa bog‘liq emas: kamida 3-o‘rin uchun kurashamiz. Guruhimizdagi Rossiya — O‘zbekiston uchrashuvi natijalarini, boshqa kvartetda esa Ozarbayjon — Qirg‘iziston o‘yini natijasini kutyapmiz. Shu o‘yinlarning yakunlari biz birinchi yoki uchinchi o‘rin uchnu kurashishimizni va qaysi jamoa raqib bo‘lishini belgilab beradi.

Hozir jamoa rejasida tiklanish turibdi. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Va, albatta, yigitlarni shu g‘alaba bilan tabriklayman!

Manba: football.by
Kiritildi: 16:16, 30.09.2025.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.