Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" bosh murabbiyi Rummeniggening haqoratiga javob qaytardi

"Nyukasl" bosh murabbiyi Rummeniggening haqoratiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Bavariya" boshqaruvidagi Karl-Xayns Rummenigge hujumchi Nik Voltemade uchun 75 million yevro to‘laganlarni ahmoq deb atadi. Myunxenliklar ham bu futbolchini qo‘lga kiritmoqchi edi, ammo u "Nyukasl"ga yo‘l oldi.

Rummeniggening haqoratli so‘zlariga "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau javob qaytardi.

"Transfer narxlarini qandaydir klub emas, bozor belgilaydi. Nik biz bilan ekanligidan juda xursandmiz. O‘ylaymanki, u mavsumni yaxshi boshladi," - dedi Xau jurnalistlarga.

Chorshanba kuni "Nyukasl" Chempionlar ligasi doirasida "Yunion Sent-Jilluaz" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 17:18, 01.10.2025.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик