"Yuventus" bu mavsumda hali yutqazmagan.
Igor Tudor jamoasi Chempionlar Ligasida "Vilyarreal" (2:2) bilan ochko bo‘lishdi.
Ispaniyadagi o‘yindan oldin turinliklar ketma-ket uchta durang o‘ynashgandi, ungacha esa ketma-ket uchta g‘alabaga erishishgandi. Shu tariqa, ular mavsumdagi yettita o‘yinda birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi.
5 oktyabr kuni "Yuventus" A Seriya peshqadami "Milan"ga qarshi maydonga tushadi.













