Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Maksim Shaskix: «O‘yin sifatidan ko‘nglim to‘ldi»

Maksim Shaskix: «O‘yin sifatidan ko‘nglim to‘ldi»

Baho:
+ | -

«Andijon» — «Al-Ahli» (0:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Maksim Shaskix va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Erjan Tokotayev qatnashdilar.

Shaskix: — Xayrli oqshom. O‘yindan qoniqdim. Uchrashuv uchun belgilangan strategiyamizni yigitlar bajarishdi. Yaxshi harakat qilishdi va o‘yin sifatidan ham ko‘nglim to‘ldi. Nihoyat, futbolchilar maydonda nima xohlayotganimizni to‘liq tushunib harakat qilishmoqda. Raqib haqida gapiradigan bo‘lsam, to‘g‘risini aytaman, ancha kuchli. Tajribali jamoa. Bu mantiqan to‘g‘ri. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz imkon qadar yaxshi o‘ynashga harakat qildik va ochko ishlab oldik. O‘ylaymanki, televizor orqali va stadionda kuzatgan muxlislar ham bahsdan mamnun bo‘ldilar.

Tokotayev: — O‘yin yetarlicha qiziqarli bo‘ldi. Ikkala jamoada ham hisobni ochish uchun imkoniyatlar yaratildi. Ammo gol ura olmadik. Durangdan, g‘alaba qozona olmaganimizdan qoniqmadim. To‘g‘ri, mag‘lubiyatga uchramadik, ammo g‘alaba ham qozonmadik. Yutishni juda ham xohlagandik. Ammo natija yomon emas. Keyingi bellashuvlarda albatta kerakli natijalarni qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylayman.

— 1 oktyabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklayman. Sizga sog‘liq tilayman va «Andijon»da uzoq vaqt ishlashingizni tilab qolaman. Aytingchi, «Andijon»ni g‘alabasiga nima yetishmadi?

Shaskix: — G‘alabaga individual mahorat yetishmadi. Birinchi taymda nisbatan yaxshiroq imkoniyatlar bo‘ldi. Individual jihatdan yanada mahoratliroq bo‘lganimizda natija ham boshqacha bo‘lardi. Ikkinchi taymda bunday imkoniyatlar kamroq bo‘ldi. Ikkinchi taymga nisbatan birinchisida tajovuzkorroq harakat qilgandik. Hujumlarda aniqroq o‘ynaganimizda birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lardik. Asosiysi, mag‘lubiyatga uchramadik. Har safar futbolchilarga aytaman: yaxshi harakat qilsak albatta har qanday uchrashuvda imkoniyatlar bo‘ladi. Vaziyatlar foydalanish bugun bo‘lmasa, ertaga, ertaga bo‘lmasa, undan keyin albatta bo‘ladi.

— O‘yinning 75-daqiqasidan keyin himoyaviy taktikaga o‘tishga nima sabab bo‘ldi?

— Shaskix: 75-80-daqiqalardan keyin jamoa biroz charchadi. Chunki ungacha maksimum kuch sarfladi. Zaxira o‘rindig‘imiz u qadar keng emas. Raqibimiz taktik tomondan kuchli edi. Oxirida ular hujumni kuchaytirishdi. Tezkor qarshi hujumlarda raqibga muammolar tug‘dirdik. Bunaqangi qiyin va mas’uliyati katta uchrashuvlarda yosh futbolchilarni o‘yinga kirishib ketishi oson emas.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:00, 02.10.2025.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.