Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barsa» hujumchisi: «Foydali saboq bo‘ldi»

«Barsa» hujumchisi: «Foydali saboq bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Chempionlar Ligasidagi "PSJ"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirdi.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi 19-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo bu jamoaga ochko keltirishga yordam bermadi. Uchrashuv yakunida Gonsalu Ramushning goli tufayli parijliklar g‘alaba qozonishdi.

"Og‘riqli mag‘lubiyatmi? Yo‘q, men buni ko‘proq foydali saboq deb bilaman. Biz bu o‘yindan ijobiy xulosalar chiqarishimiz mumkin. Umid qilamanki, o‘zimizni yaxshilash uchun nimani o‘zgartirishimiz kerakligini anglab yetamiz," - dedi Torres o‘yindan keyingi suhbatda.

5 oktyabr, yakshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liga doirasida "Sevilya" maydoniga safar qiladi.

Kiritildi: 12:02, 02.10.2025.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик