Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bosh murabbiyligiga portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau tayinlanadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, murabbiy 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Konseysauning so‘nggi klubi "Milan" bo‘lgan. U shuningdek "Portu" va "Nant"da ham ishlagan.













