"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa hujumchisi Mark Giu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Mark Giu juda yaxshi ishlamoqda. Ayniqsa bu hafta u ancha faol bo‘ldi. Shu sababli, ertaga u o‘yin daqiqalariga ega bo‘lishi mumkin", - dedi italiyalik mutaxassis.
Ertaga, 4 oktyabr kuni "Chelsi" APL 7-turida "Liverpul"ni qabul qiladi.













