Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Bahrom Haydarov: «OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf»

Bahrom Haydarov: «OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan OKMK — «Qo‘qon-1912» (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf. O‘yinning boshida tezkor gol urib keyin chuqur himoyaga o‘tdik va bu bizga qo‘l keldi. Qolgan daqiqalarda o‘z omadimizni qarshi hujumlarda sinab ko‘rdik. Raqib safida to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan futbolchilar ko‘p, lekin maydon holati bugun pand berdi deb o‘ylayman. Shundan so‘ng har ikki jamoa jamoa ham to‘pni havolatib o‘ynay boshladi. Tarkibimizda bo‘ydor futbolchilar ko‘pligi bugun foydamizga ishladi.

— «Qo‘qon-1912»ning yaxshi sport formasini nima bilan izohlagan bo‘lardingiz?
— Biz har doim bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Hato mag‘lubiyatli seriya paytida ham shunday hozirlik ko‘rganmiz. Birdaniga to‘rt-besh nafar asosiy futbolchimizning yo‘qligi, qolaversa moliyaviy muammolar ham pand berib qo‘ygandi. Raqobatbardosh jamoa yig‘a olmaganimiz ham ko‘p bahslarda zararimizga ishladi. Hozir esa jamoamiz kuchiga kuch qo‘shildi. Olmaliq jamoasidan Karimov bilan Datsini oldik, qolaversa Shohruh Gadoyev ham o‘yinimizni kuchaytirdi. Kuchli o‘yinchilarni olishimiz natijasida jamoamiz o‘yinida sifat oshdi. Gadoyev golli to‘p uzatishlarni amalga oshiryapti, Datsi bilan Haydarov gollar uryapti.

— «Qo‘qon-1912»ning uy stadioni maydoni ancha yaxshi bo‘lib qolgan. Lekin o‘zingiz aytib o‘tgan biroz yomon maydonda bugun jamoangiz g‘alaba qozondi.
— Bugungi uchrashuvda himoyalanish biz uchun oson bo‘ldi. OKMK jarima maydonchasi atrofida to‘pni ko‘p ushlaydi. Lekin ichkariga oshirganda ular ko‘proq havodan to‘pni uzatishni ma’qul ko‘rishdi. Bu esa bizga qo‘l keldi. Bugun maydon ham bizga yordam berdi.

— Ikkinchi davrada «Qo‘qon-1912» top-10ga kiradi deb aytib o‘tgandingiz. Shu maqsad yo‘lida jamoa to‘g‘ri ketyaptimi?
— Superliga yakunida qaysi o‘rinni olishimizni bilmayman. Lekin maqsadimiz yuqoriga ko‘tarilish. Chunki bu jamoamizdagi hamma uchun muhim. Futbolchilar narxi oshadi, jamoamiz obro‘si ko‘tariladi. Biz pley-off o‘yinlaridan qochish uchun ham yuqoriga harakat qilishimiz kerak. Agar shuni bajara olsak birinchi mavsum yaxshi o‘tdi desak bo‘ladi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 23:20, 03.10.2025.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик