Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Futzal chempionati. Ikkinchi turdan keyin ham qo‘shhokimlik…

Futzal chempionati. Ikkinchi turdan keyin ham qo‘shhokimlik…

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati – Oliy liganing 2-tur bahslariga vodiy javhari – Andijon shahri mezbonlik qildi. Jahon chempionati-2024 munosabati bilan qurib foydalanishga topshirilgan muhtasham «Universal» sport majmuasida muxlislar olti kun mobaynida murosasiz va qiziqarli o‘yinlarning shohidi bo‘lishdi.

Ikkinchi tur oldidan chempionatda qo‘shhokimlik hukmronlik qilayotgandi: Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning SQB jamoalari yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilishayotgandi. Ikkinchi turdan keyin ham karvonboshilar soni ikkita. Faqatgina SQB o‘z mavqeini saqlab qolgan bo‘lsa, poytaxtliklarga amaldagi chempion – Jizzaxning BMB RFS jamoasi tenglashib oldi. Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘tgan yilgi vise-chempion – «Oil Star»ga qarshi murosasiz o‘yinda imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘ringa tushib qoldi. O‘z navbatida ikkinchi turni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan Olmaliqning OKMK jamoasi qarshiliklarga tenglashib oldi.

Ayni paytda kuchli to‘rtlik ta’qibchilaridan biroz uzoqlashib olgan. Yetakchi kvartetga eng yaqin turgan jamoalar orasida buxoroliklarning poygaga qo‘shilish imkoniyati yuqori. «Lokomotiv» hamda «Dinamo» ham uncha uzoqda emas, biroq bu jamoalarni keyingi turlarda anchagina murakkab uchrashuvlar kutib turibdi.

O‘z navbatida chempionatning barcha ishtirokchilari har bir o‘yinda bor kuch va mahoratlarini ishga solishayotgani, so‘nggi soniyalargacha kurashayotgani e’tiborga molik. Hatto hali bironta ham ochko jamg‘armagan, yosh futzalchilardan tashkil topgan «Maksam-CHirchiq» namoyish etayotgan o‘yinlarga nazar tashlang. Omad kulib boqqanida va biroz tajriba bo‘lganida Bahodir Ahmedov shogirdlari Andijonda «Nasaf»dan ham, «Dinamo»dan ham ochko olardi. Shunday ekan, biz endi 3-turni sabrsizlik bilan kutamiz.

3-tur esa muxlislarni ko‘p kuttirmaydi. Boshlanayotgan haftaning chorshanba kuni Oliy liga jamoalarini Jizzax shahri o‘z bag‘riga chorlaydi. 3-tur uchrashuvlari Jizzax futbol akademiyasi (sobiq oliy mahorati maktabi) sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 21:46, 04.10.2025.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик