Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Prevyu. «Neftchi» - «Andijon»

Prevyu. «Neftchi» - «Andijon»

Baho:
+ | -

«Andijon» bu safar Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘ynaydi. Ertaga «Burgutlar» chempionatning 24-tur doirasida «Neftchi»ga qarshi maydonga tushadi.

2024 yilning 5 oktyabr sanasida «Andijon» aynan Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida «Navbahor»ga qarshi O‘zbekiston Kubogi finalida bahs olib borgan va unutilmas dramatik uchrashuvda jamoamiz 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, ilk bor Kubokni yutgan. Oradan bir yil o‘tib yana xuddi shu sanada «Andijon» «Istiqlol»da endi «Neftchi»ga qarshi maydonga tushadi.

«Neftchi» - «Andijon»ning 53-qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.  Bungacha o‘tkazilgan o‘yinlarning 34 tasida «Neftchi», 10 tasida «Andijon»ning qo‘li baland kelgan. 8 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 99-45, farg‘onaliklar foydasiga.

Birinchi davrada Andijondagi bellashuvda mehmonlar 0:2 hisobida g‘olib chiqqan. Shuningdek, «Andijon» oxirgi yillarda Farg‘onadagi uchrashuvlarda yutqazayotgani yo‘q. Aniqrog‘i, so‘nggi bor 2014 yilda «Neftchi» o‘z maydonida g‘alaba qozongan. Shundan beri «Andijon» mehmonda durang yoki g‘alaba qozonib kelmoqda.

«Neftchi» - «Andijon» o‘yini 5 oktyabr kuni, soat 17:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:39, 04.10.2025.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик