Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Vitaliy Levchenko: “CHempionatimiz og‘ir o‘tyapti”

Vitaliy Levchenko: “CHempionatimiz og‘ir o‘tyapti”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Neftchi” - “Andijon” (2:0) o‘yinidan keyin mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko ham matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yinni qiyin bo‘ldi, deyishim mumkin. Bu derbi va qo‘shnilarni janggi bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlar doim kuchli bosim ostida o‘tadi. Bu ikki jamoa prinsipial raqiblar. G‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Muxlislarimizni xursand qildik va oldinga yurishda davom etamiz.

- “Nasaf” bilan ochkolar farqi yana qisqardi. “Nasaf”dan o‘tib ketish imkoniyatini necha foizga ayta olasiz?

- Biz tomondan nima qilishimiz kerak bo‘lsa barchasini qilyapmiz. Har bir o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz va g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushamiz. Chempionat og‘ir o‘tyapti va  g‘alaba qozonish qiyin. Birinchi navbatda asosiy e’tiborni o‘z o‘yinimizga qaratishimiz va ochkolarimizni jamg‘arib borishimiz kerak. Turdan-turga o‘yinimizni mustahkamlab boraveramiz.

- Superligada qisqa tanaffus bo‘ladi. Bu vaqt ichida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladimi?

- Bu borada rejalashtirib turibmiz. Terma jamoaga chaqirilganlar bor va ular terma ixtiyoriga ketishadi. Biz bu davr ichida tuzgan rejamiz bo‘yicha ishlaymiz va bitta nazorat o‘yinida maydonga tushamiz.

- Milliy terma jamoani Fabio Kannavaro boshqarishi haqida ma’lumotlar chiqyapti. Bu haqida munosabatingiz qanday?

-. Bu borada biror fikr ayta olmayman. Chunki O‘FA mutasaddilari bor. Bunga javob beradigan mas’ul shaxslar bor. Oldinda bizni jahon chempionati kutib turibdi. Futbol mutasaddilari termani yanada kuchaytirish maqsadida taklif qilishayotgan bo‘lsa, bu yaxshi, albatta. Yangi murabbiy muxlislarni xursand qila olsa, biz ham bundan xursand bo‘lamiz.

- Zoran Marushich kam o‘ynayapti. Uni jarohati bormi?

- Jarohati bor edi. Yakka tartibda shug‘ullanishni boshladi. Biz uni keyingi uchrashuvlarda ko‘ramiz.

- Stadionda muhit zo‘r bo‘ldi. Muxlislar haqida fikrlaringiz...

- Bunday atmosferada o‘ynash juda yoqimli. Ikkala jamoa ishqibozlari ajoyib ravishda qo‘llab-quvvatlashdi. Mahalliy va andijonlik muxlislar muhitni zo‘r yaratib berishdi. Bu kabi bahslar OCHL doirasidagi o‘yinlarni eslatib yuboryapti. Ikkala jamoa ishqibozlariga respekt.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:10, 05.10.2025.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.