Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Chelsi" yulduzi "Real" skautlarini hayratda qoldirdi

"Chelsi" yulduzi "Real" skautlarini hayratda qoldirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandesga qiziqishda davom etmoqda.

"Qirollik klubi" skautlari "ko‘klar"ning yaqinda bo‘lib o‘tgan "Liverpul"ga (2:1) qarshi o‘yiniga tashrif buyurishdi. Defensa Central nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qaymoqranglilar" vakillari argentinalik xavbekning o‘yinidan hayratga tushishgan va uni o‘z safiga qo‘shib olish zarurligiga yana bir bor ishonch hosil qilishgan. 24 yoshli futbolchining o‘zi "Real"da o‘ynashni istaydi, ammo uning narxi - taxminan 130 mln yevro - jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

Transfermarkt portali Enso Fernandesning narxini ancha arzon - 75 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:29, 08.10.2025.
O'qildi: 2410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик