Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

La Liga rahbari «Vilyarreal» – «Barselona» uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishini tasdiqladi

La Liga rahbari «Vilyarreal» – «Barselona» uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvi AQSHda bo‘lib o‘tadi. Bir necha kun oldin UEFA istisno tariqasida jamoalarga milliy chempionat o‘yinini Mayamida o‘tkazishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.

Endi Ispaniya La Ligasi rahbari Xavyer Tebas "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvi 20 dekabr, shanba kuni Mayamida bo‘lib o‘tishini tasdiqladi, deb yozadi Barca Universal.

Avvalroq "Real" Ispaniya chempionati o‘yinlarini mamlakat tashqarisida o‘tkazishga qarshi chiqqandi. Bu g‘oyani futbol olamining boshqa ko‘plab vakillari ham qo‘llab-quvvatlamadi.

Ayni vaqtda "Barselona" La Liga turnir jadvalida ikkinchi (19 ochko), "Vilyarreal" esa uchinchi (16 ochko) o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 21:55, 08.10.2025.
O'qildi: 1077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик