Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kuman La Liga uchrashuvining Mayamida o‘tkazilishi haqida: «Stadionda «Barselona» muxlislari «Vilyarreal»nikidan ko‘p bo‘ladi. Bu nohaqlik»

Kuman La Liga uchrashuvining Mayamida o‘tkazilishi haqida: «Stadionda «Barselona» muxlislari «Vilyarreal»nikidan ko‘p bo‘ladi. Bu nohaqlik»

Baho:
+ | -3

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi, «Barselona»ning sobiq ustozi Ronald Kuman La Liga uchrashuvining AQSHda o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamadi.

Avvalroq UEFA istisno tariqasida «Barselona» va «Vilyarreal» jamoalariga La Liga doirasidagi bir uchrashuvni Mayamida o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

«Bu kulgili holat. Frenki de Yong bu haqda juda to‘g‘ri gapirdi. “Vilyarreal”ga mehmon bo‘lib borish har doim “Barselona” uchun og‘ir bo‘lgan, endi esa ular neytral maydonda o‘ynaydi. Tribunalarda esa “Barselona” muxlislari “Vilyarreal” fanatlaridan ko‘proq bo‘ladi. Bu sport tamoyillariga zid», — dedi kataloniyalik klubning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:41, 09.10.2025.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик