Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Cheferin Chempionlar Ligasining yangi formatiga yuqori baho berdi

Cheferin Chempionlar Ligasining yangi formatiga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferinning ta’kidlashicha, tashkilotda Chempionlar Ligasining yangi formati natijalaridan mamnun.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Yevrokubokning asosiy bosqichi muxlislarga futbol berish kerak bo‘lgan asosiy tuyg‘uni – noaniqlik va kutilmagan natijalarni taqdim etmoqda.

«Tajribamdan kelib chiqib aytaman: futbolda hamma o‘zgarishni xohlaydi, lekin hech kim ularni amalga oshirishni istamaydi. Biz jasorat ko‘rsatdik va bunga qo‘l urdik, qiziqish bildirgan tomonlar bilan ko‘p suhbatlar o‘tkazdik», – dedi Cheferin.

«Avvalgi yillarda dekabrgacha qaysi jamoalar guruhdan chiqqanini bilardik. Ammo o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” va PSJ taqdiri oxirgi turgacha noma’lum bo‘ldi.

Natijaning noaniqligi — bu futbolni tomosha qilishimizga sabab bo‘ladigan asosiy jihat. Agar natija avvaldan ma’lum bo‘lsa, futbol qiziq bo‘lmaydi. Shu jihatdan bu katta yutuq, biz juda mamnunmiz», – deb qo‘shimcha qildi UYEFA prezidenti.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 09:31, 09.10.2025.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик