Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

“Real” rahbariyati Vinisius Juniorni ogohlantirdi

“Real” rahbariyati Vinisius Juniorni ogohlantirdi

Baho:
+-2 | -

Madridning “Real” klubi braziliyalik hujumchi Viniusis Juniorni yozgi transfer oynasida sotib yuborishi mumkin. Bu haqda Diario Sport nashriga tayanib Euro-Football xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchini bu borada ogohlantirgan. Agar u yaqin kunlar ichida klub bilan yangi shartnomani imzolamasa, yozda boshqa jamoaga transfer qilinadi.

Vinisius hamda rahbariyat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar uzoq vaqtdan beri OAV e’tiborida bo‘lib turibdi. Hujumchi jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanmoqchi. Biroq madridliklar futbolchining talablarini qanoatlantirmoqchi emas. Braziliyalik forvard hozirda yiliga 20 million yevro miqdorida maosh oladi.

Avvalroq Viniusis jamoani yanvar oyida ham tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Jumladan unga Saudiya Arabistonining bir qancha klublari taklif tayyorlagan. Xaridorlar futbolchiga yiliga umumiy qiymati 1 milliard yevroga teng bo‘lgan 5 yillik shartnoma taklif qilgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Real” bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 150 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:43, 09.10.2025.
O'qildi: 4975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик