Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ma’lum bo‘ldi

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Yuventus" va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlahovich Italiya A Seriyasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt nashriga xabar berishicha, serb futbolchisining soliqdan oldingi maoshi 22,2 million yevroni tashkil etadi, bu A Seriyadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, uning shartnomasi klubga 16,6 million yevroga tushgan. Kuchli uchlikni "Roma"da 12,9 million yevro ishlab topgan argentinalik Paulo Dibala yakunlab turibdi. "Milan" hujumchisi Rafael Leau (6,6 million yevro) 12-o‘rinda, “Roma” hujumchisi Artyom Dovbik (6,4 million yevro) 14-o‘rinda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, A Seriyaning soliqdan oldin eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (2025 yil oktyabr):

1. Dushan Vlaxovich ("Yuventus") — € 22,2 mln.
2. Lautaro Martines ("Inter") — € 16,6 mln.
3. Paulo Dibala ("Roma") — € 12,9 mln.
4. Kevin De Bryoyne ("Napoli»") — € 11,1 mln.
5. Djonatan Devid ("Yuventus") — € 11,1 mln.
6. Rasmus Xoylund ("Napoli") — € 9,3 mln.
7. Kristofer Nkunku ("Milan") — € 9,3 mln.
8. Alvaro Morata ("Komo") — € 8,3 mln.
9. Markus Tyuram ("Inter") — € 7,8 mln.
10. Romelu Lukaku ("Napoli") — € 7,7 mln.
11. Lua Openda ("Yuventus") — € 7,4 mln.
12. Rafael Leau ("Milan") — € 6,6 mln.
13. Leon Beyli ("Roma") — € 6,5 mln.
14. Artyom Dovbik ("Roma") — € 6,4 mln.
15. Lorenso Pellegrini ("Roma") — € 6,4 mln.

Kiritildi: 09:53, 10.10.2025.
O'qildi: 1764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик