Madridning "Real" klubi futbolchisi Franko Mastantuono Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Nufuzli jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, 18 yoshli vinger mushaklar zo‘riqishidan aziyat chekkan.
Katta ehtimol bilan, Mastantuono "Real"ning Ispaniya chempionati doirasida 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Xetafe"ga qarshi navbatdagi o‘yinigacha tiklanib ulguradi.













