Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 saralashi doirasida o‘z maydonida Lyuksemburg (4:0) ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
"Bugun ko‘rsatgan o‘yinimiz menga yoqdi. Qanday vaziyat yaratganimiz yoki gol urganimiz emas, qarshi pressing va raqib darvozasi yaqinida pressing qilganimiz. Hamma hujumni faol qo‘llab-quvvatladi. Biz tezkorlik bilan to‘pni raqibdan olib qo‘yishga harakat qildik," - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.













