“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Norvegiya termasi safida urgan gollari sonini 50 tadan oshirdi.
25 yoshli futbolchi shanba kuni Isroilga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, Norvegiya terma jamoasi safidagi gollarini 51 taga yetkazdi.
Xolandga 50 ta golga erishish uchun bor-yo‘g‘i 46 ta o‘yin kerak bo‘ldi - bu muvaffaqiyatga hech bir zamonaviy yulduz erisha olmagan. Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasidagi 50-golini 114 ta o‘yinda kiritgan bo‘lsa, Lionel Messiga Argentina terma jamoasi safida 107 ta o‘yin kerak bo‘lgan.













