Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kristian Novak: «Bizni ajoyib muxlislarimiz bor. Ular eng zo‘ri»

Kristian Novak: «Bizni ajoyib muxlislarimiz bor. Ular eng zo‘ri»

Baho:
+ | -

«Andijon» jamoasi 17 oktyabr kuni “Bobur arena”da «Sho‘rtan»ni qabul qiladi. O‘tgan turda esa «Burgutlar» vodiy derbisida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, jamoa a’zolari navbatdagi bellashuvlarga ko‘tarinkilik bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

«Andijon»ning polshalik legioneri Kristian Novak ham astoydil mehnat qilmoqda. Ushbu o‘yinchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Kristian, avvalo jamoaning oxirgi o‘yini — «Neftchi»ga qarshi o‘tgan bahs borasida nima deya olasiz?

— Bu aynan biz kutgan natija emas. Tabiiyki, qayd etilgan natija bizni qoniqtirmaydi. Shuni alohida aytishim mumkinki, har bir uchrashuvda faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Yo‘q joydan ikkita gol o‘tkazib yubordik. O‘z navbatida bizda ham raqib darvozasi oldida imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin foydalana olmadik.

— «Andijon» OCHL 2 ni ikkita durang bilan boshladi. Buni ijobiy baholash mumkinmi yoki...

— Yuqori aytganimdek, biz har o‘yinda g‘alaba uchun kurashamiz. Osiyo Chempionlar ligasidagi dastlabki ikkita uchrashuvda ham g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Shuni unutmaslik kerakki, biz ushbu turnirda yangimiz va kuchli klublarga qarshi o‘ynayapmiz. Qayd etilgan ikkita durangni katta bo‘lmagan plyus deb hisoblash mumkin. Biz yomon o‘ynamadik. G‘alabaga loyiq edik. O‘z vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak edi.

— Yulian Drakslerga qarshi o‘ynadingiz. Bu faoliyatingizda sizga qarshi o‘ynagan eng mashhur futbolchimi?

— U juda yaxshi o‘yinchi. Shunday futbolchiga qarshi maydonda to‘p surish qoyilmaqom. Men mashhur o‘yinchilarga qarshi o‘ynaganman. Lekin Draksler — bu boshqacha. Mashhur futbolchilarga qarshi o‘ynaganlarim orasida Draksler yuqori o‘rinlarda turadi.

— «Andijon»ning ashaddiy muxlislari jamoani hamma vaqt faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. Ilgari bunga o‘xshash ishqibozlarni ko‘rganmisiz?

— Bizni ajoyib muxlislarimiz bor. Ular eng zo‘ri. Bilasiz, xoh safarda, xoh uyda bo‘lsin, har bir uchrashuvda qo‘llab-quvvatlashadi. Ishqibozlarimizning olqishlashini his qilamiz. Shunga yarasha biz munosib javob qaytarishimiz kerakligini ham his qilamiz.

— «Andijon»ni oldinda «Sho‘rtan», keyin esa OCHL 2 doirasida Bahraynning «Al-Xaldiya» klubiga qarshi bellashuvlar kutmoqda. O‘zingizni qanday his qilyapsiz va tiklanish yaxshi davom etyaptimi?

— O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Oxirgi uchrashuvdan so‘ng bizda dam olish va o‘zimizni tiklash uchun bir necha kun bo‘ldi. Bir necha kundan keyin jamoamizni muhim bellashuvlar kutyapti. Bunday paytda ishlashimizga xalaqit beradigan jarohatlardan qochish uchun to‘g‘ri tiklanish muhimdir.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:03, 12.10.2025.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.