Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Gabi ishdan haydaldi

Gabi ishdan haydaldi

Baho:
+ | -

"Atletiko" afsonasi Gabi uchun murabbiylik faoliyatining boshlanishi omadsiz kechmoqda.

"Matraschilar"ning sobiq yarim himoyachisi joriy yilning mart oyida Segundada ishtirok etayotgan "Saragosa" jamoasiga rahbarlikni qo‘lga olgan edi — bu uning bosh murabbiy sifatidagi ilk mustaqil tajribasi bo‘ldi. Gabi mavsumning oxirgi 11 ta o‘yinida 4 ta g‘alabaga erishdi va yangi mavsum uchun jamoada qoldi.

Yangi mavsum esa "Saragosa" uchun juda yomon boshlandi. Jamoa yagona g‘alabasini 7-turda "Mirandes" ustidan qozondi, shundan keyin esa "Kordova" va "Almeriya"ga yutqazdi. Oxirgi mag‘lubiyat klub rahbariyati uchun so‘nggi nuqta bo‘ldi — Gabi ishdan bo‘shatildi. U "Saragosa"ni 9 ta o‘yindan keyin 6 ochko bilan Segunda jadvalidagi so‘nggi o‘rinda qoldirdi.

Kiritildi: 12:41, 13.10.2025.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик