Kristian Pulishichning AQSH terma jamoasidagi sherigi, amerikalik futbolchi Tayler Adams uni Italiya A Seriyasi chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.
"Men unga muvaffaqiyatlari bilan tabriklab yozyapman. Men Pulishichning A Seriyada muvaffaqiyat qozonayotganini ko‘rishdan baxtiyorman. Men unga sen amerikaliksan va sen A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisisan, deyman. Men boshqacha fikrlaydiganlarning dalillarini tinglashga tayyorman. Ammo Pulishich aql bovar qilmas", - deya Adamsning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Pulishich "Milan" safida 2023 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.













