Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Keyn "Oltin to‘p"ni yutishi mumkinmi? Kimmix javob berdi

Keyn "Oltin to‘p"ni yutishi mumkinmi? Kimmix javob berdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Xarri Keynning "Oltin to‘p"ni yutishi mumkinligi haqida gapirdi.

Ayni paytda angliyalik futbolchi nufuzli individual sovringa asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi: forvard joriy mavsum boshidan buyon klub va terma jamoa safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Maqsadimiz jamoaviy muvaffaqiyatga erishish va shunda Keyn individual sovrinlarga da’vogarlik qilishi mumkin. Umuman olganda, maydonda bo‘lganimizda, u shaxsiy sovrinlar uchun o‘ynayotgandek taassurot uyg‘onmaydi. Xarri ko‘p qirrali o‘yinchi bo‘lib, jamoa manfaati uchun hamma narsani qiladi. Biz 3:0 hisobida g‘alaba qozonganimizda u gol ura olmaganidan xafa bo‘lganini hech qachon ko‘rmaganman," - deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Xarri Keyn "Oltin to‘p-2025" uchun nomzodlar o‘ttiztaligiga kirdi, ammo ovoz berish natijalariga ko‘ra atigi 13-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 08:24, 16.10.2025.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик