Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Yulmann: "Virs hammaga hamma narsani isbotlaydi"

Yulmann: "Virs hammaga hamma narsani isbotlaydi"

Baho:
+ | -

Florian Virs so‘nggi vaqtlarda ko‘p tanqidga uchramoqda. "Liverpul" nemisning transferi uchun katta mablag‘ sarfladi, ammo futbolchi hozircha yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olmayapti. Bu borada "Bayer" bosh murabbiyi Kasper Yulmann izoh berdi.

"Virsga tanqidlar? Qo‘ysangiz-chi, u yerga endigina kelgan-ku. U hammaga - ingliz ekspertlariga ham hammasini isbotlab beradi. Bunga ishonchim komil. Menga yangi klubda birinchi kundanoq eng yaxshi futbolini ko‘rsatadigan futbolchini ko‘rsating. Buning iloji yo‘q.

Virs ajoyib fazilatlarga ega fantastik futbolchi. Futbolda hamma narsa tez o‘zgaradi. Agar u keyingi o‘yinlarda bir-ikkita gol ursa, hamma: "Mana, nihoyat moslashdi," deydi. Va bu hozirgi tanqidlar kabi noto‘g‘ri bo‘ladi. Unga vaqt berish kerak - u o‘zini ko‘rsatishi aniq," - deya Yulmanning so‘zlarini keltiradi Bild.

"Liverpul" Premyer-liga turnir jadvalida "Arsenal"dan 1 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 17:32, 16.10.2025.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик