Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" himoyachisi Kristensen kelajagi borasida bir qarorga keldi

"Barselona" himoyachisi Kristensen kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen klubda qolishga umid qilmoqda.

Daniyalik kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin - uning shartnomasi iyun oyida tugaydi. Sport xabariga ko‘ra, futbolchi "Barsa"da baxtli va klubda yana bir necha yil o‘tkazishga umid qilmoqda. Mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hali olib borilmayapti. Kataloniyaliklar rahbariyati keyingi hamkorlik bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin futbolchining jismoniy holatini baholash uchun mavsum yakunlanishini kutishni afzal ko‘rmoqda.

Andreas Kristensen 2022 yilda "Chelsi"dan "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilgandi. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik jamoasining 8ta o‘yinida maydonga tushdi.

Kiritildi: 08:21, 17.10.2025.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик