Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Maksim Shaskix: “Ishqibozlar xursand ketishdi, bu eng asosiysi”

Maksim Shaskix: “Ishqibozlar xursand ketishdi, bu eng asosiysi”

Baho:
+ | -

“Andijon”ning “Sho‘rtan”ga (4:3) qarshi uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix matbuot anjumanida bir qator savollarga javob qaytardi.

— Xayrli kech! O‘ylaymanki, o‘yin hammaga ma’qul keldi. Doim aytaman: biz kim uchun o‘ynaymiz? Albatta, muxlislar uchun o‘ynaymiz. Uchrashuvda 7 ta gol ko‘rdik, penaltilar bo‘ldi, xavfli vaziyatlarni ham ko‘rdik. Menimcha, o‘yinda hamma narsa bo‘ldi. Murabbiylarda doim bunday o‘yinlar bo‘lavermaydi. O‘yin paytida doim o‘rningdan turasan va yana o‘tirasan. Stadionda yig‘ilgan ishqibozlar uylariga xursand holatda ketishdi. Bu eng asosiysi.

— Oxirgi uchrashuvlarda Usmonali Ismonaliyev oldingi chiziqda o‘ynayapti. U bu borada o‘zini qanday his qilyapti?

— Unga vinger sifatida foydalanmoqchi ekanimni aytgandim. Jo‘raqo‘ziyev, Abdumannopov va Ismonaliyev joy almashib o‘ynashlari mumkin. Ular o‘yinni o‘zgartirib yuborishdi. Usmonali hujumga o‘tganda biz gol uryapmiz. U dublga erishdi va umid qilamanki, bu oxirgisi emas. Bugun uning kuni bo‘ldi. Faol harakatlarni amalga oshirdi va biz gollar urdik.

— Oxirgi uchrashuvlarda Hamijonovda ruhiy bosim borga o‘xshayapti...

— Unda qandaydir bosim bor deb o‘ylamayman. Ammo bu uchrashuvda u qandaydir tushunarsiz harakatlarni qildi. O‘yini ko‘rib tahlil qilib chiqamiz. Bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandӣ. O‘zi barchasi yaxshiligi, hech qanday muammo yo‘qligini aytgandӣ. Tushunmovchilik vaziyatlari bo‘lib turadi. O‘ylaymanki, boshqa bunday holat yuz bermaydi.

— “Andijon” o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi. Markaziy va qanot himoyachilaridan ko‘nglingiz to‘ldimi?

— 3 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, kimnidir ayblamoqchi emasman. Bu yerda hamma javobgar. Hamma teng himoyalanadi va teng hujumga o‘tadi. Kimnidir alohida aybdor deb ko‘rsatmayman. Xatolarga epizodlar sabab bo‘ldi. Dastlab xatolar qayerdan boshlanganini ko‘rish kerak. Bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalgi xatolarni ko‘rib, o‘rganib, tahlil qilib chiqamiz. 3 ta gol o‘tkazib yuborganimiz uchun himoyadan u qadar ko‘ngil to‘ldi, deyish qiyin. Barcha gollarga o‘zimiz sababchimiz.

— Farhod Sohibjonov va Ilhom Abdug‘aniyev nega yoshlar jamoasiga o‘tkazildi?

— Ular u yerga bugun borib qolishgani yo‘q. Bunga sabablar bor. U yerdagi faoliyatini ko‘ryapmiz. Bilasizmi, asosiy jamoada o‘ynash uchun shunga munosib bo‘lish kerak. Ko‘proq o‘z ustida ishlash lozim va shunda asosiy jamoada to‘p surishlari mumkin. Mana, o‘rinbosarlar jamoasidan bir qator o‘yinchilarni jalb qilyapmiz. Barchasiga vaqt kerak. “Andijon”ga kerak bo‘lsa, ularni albatta yana qaytaramiz.

— Oleg Zoteev bilan Islom Mamatkazin qachon tayyor bo‘lishadi?
— Islom yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi. Hech qanday muammo yo‘q. Tiklanib olishiga biroz vaqt kerak. Zoteev jarohatdan keyin qilinshi kerak bo‘lgan dasturlar bo‘yicha ishladi. Bir qancha topshiriqlarni bajaryapti. Ko‘ramiz, keyingi uchrashuvga umumiy tarkibda bo‘lishi mumkin.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:04, 18.10.2025.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик