Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Asror Aliqulov: «Sho‘rtan» Superligada qoladimi? Qiyin, ammo har bir bahsda g‘alaba uchun o‘ynaymiz, boshqa yo‘limiz yo‘q»

Asror Aliqulov: «Sho‘rtan» Superligada qoladimi? Qiyin, ammo har bir bahsda g‘alaba uchun o‘ynaymiz, boshqa yo‘limiz yo‘q»

Baho:
+ | -

“Andijon” — “Sho‘rtan” (4:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Tezkor gol o‘tkazib yubordik. “Andijon”ning katta kuchi — bu uning muxlisliari. Futbolchilarga o‘yin boshlaridagi bosimga bardosh berishlarini ta’kidlagandik. Afsuski, tez gol qo‘yib yubordik, ancha o‘zimizga kela olmadik. Asta-sekin yaxshi hujumlar yaratdik. Holatimizdan kelib chiqib bizga faqat g‘alaba zarur va jamoani g‘alabaga tayyorlagandik. Himoyada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, ko‘p gollar o‘tkazdik. 3 ta gol urdik, yana imkoniyatlar yaratdik. Himoyada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatsakkina yaxshi natijaga erisha olardik. Baribir futbolchilarga mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Zaxiradan maydonga tushirib o‘yinni kuchaytirmoqchi bo‘ldik. Oxirgi 10 daqiqada vaziyatlar yaratishga qiynaldik. Muxlislarga yoqadigan futbol bo‘ldi, deb o‘ylayman.

— O‘zingiz aytib o‘tganingizdek, jamoa himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Birinchi bo‘lim oxirlarida ikkita o‘zgarishga qo‘l urganingiz ham shunga to‘g‘ri keladimi?

— Himoyachilar o‘yin tezligiga kirishib keta olmadilar. Hujumga chiqishda ham futbolchilarda o‘zlariga ishonch kamroq edi. O‘yinni kuchaytirish maqsadida himoyachilarni almashtirdik. Birinchi bo‘lim tugashini kutub turish mumkin edi. Biroq birinchi bo‘limda o‘yinni o‘z foydamizga hal qilishga va hujumga o‘tishni ko‘paytirishni xohladik. Bizga g‘alaba kerak edi. Shu maqsadda futbolchilarni almashtirdik.

— Abror Toshqo‘ziyev bilan Jasur Hakimov nega ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi?

— Bu ko‘proq futbolchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib. Abrorni qanotga va Jasurni hujumga qo‘yib, ikkita hujumchi bilan ko‘proq qanotlar orqali vaziyatlarni yaratishni o‘yladik. Chunki “Andijon” katta kuch bilan himoyalandi. Afsuski, bu o‘zgarish ham bizga hech qanday naf bermadi. Maqsadimiz hujum chizig‘ini kuchaytirish edi. Ular zaxirada qolishlari esa boshqa futbolchilarga imkoniyat beryapmiz va jismoniy holatlari unchalik yaxshi emas.

— “Sho‘rtan”ni qiyin vaziyatda qabul qilib oldingiz. Fikringizcha, jamoa Superligada qoladimi?

— Oradagi farq juda katta. Boshqa klublarning salohiyatini hisobga olganda, bu juda qiyin. Juda kam foiz imkoniyatimiz bor. Lekin boshqa yo‘limiz yo‘q: qanday o‘ynashimiz mumkin? Faqat g‘alabaga! Har bir o‘yinga g‘alaba uchun tushamiz. Uddalay olamizmi-yo‘qmi, hozir hech narsa ayta olmayman. Boshqa yana nima yo‘limiz bor? Durang uchun emas, g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Shu bois bizga ishonchli himoyachilar kerak. Katta kuch bilan hujum qilyapmiz. Hujumga chiqadigan o‘yinchilar sonini oshirganmiz, lekin orqa chiziqda ochiq qolyapmiz. Raqiblar Superliga va bizni jazolashyapti. Boshqa yo‘limiz yo‘qligi uchun shunday uslub tanladik.

— Belgilangan ikkita penalti bo‘yicha fikringiz qanday?

— Hozir hech nima ayta olmayman. VAR orqali ko‘rildi. Hakamlar hal qiladi. E’tirozim yo‘q. Bizni holatlar ham ko‘rib chiqildi, lekin penalti berilmadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:10, 18.10.2025.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.