Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Mirzohid G‘ofurov: «Bunyodkor»ni mag‘lub etsak, bu jamoadan oldinga o‘tib olamiz»

Mirzohid G‘ofurov: «Bunyodkor»ni mag‘lub etsak, bu jamoadan oldinga o‘tib olamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida «lochinlar»ning 37 yoshli tajribali himoyachisi Mirzohid G‘ofurov bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Har ikki jamoa turnir jadvalida qo‘shni bo‘lganligi bois, bo‘lajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli ancha yuqori. Ushbu o‘yinda yutuqqa erishsak, «qaldirg‘ochlar» bilan o‘rin almashib, bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilamiz. Shuning uchun g‘alaba qozonish niyatida maydonda tushib, buni amalga oshirishga barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Yangi bosh murabbiy Sherzod Hamidovich Jo‘rayev boshchiligida jamoamizning o‘yini va natijalarida sekin-asta ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bo‘lajak o‘yinda ham raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklari, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa qo‘ldan kelganicha ularga quvonch ulashishga intilamiz, - dedi Mirzohid G‘ofurov.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:52, 18.10.2025.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик