Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi: "Semenyo Gakpo, Trossard, Martinelli va Dokudan yaxshiroq"

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi: "Semenyo Gakpo, Trossard, Martinelli va Dokudan yaxshiroq"

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq hujumchi Gabriel Agbonlaxor "Bornmut" vingeri Antuan Semenyoning o‘yiniga qoyil qoldi.

25 yoshli futbolchi anchadan buyon Premyer-liga grandlari e’tiborida. "Aston Villa" sobiq hujumchisining so‘zlariga ko‘ra, "olchalar" yetakchisi ingliz top-jamoalarining hech birida yo‘qolib qolmagan bo‘lardi.

"Menga Semenyo asosiy tarkibda tushmaydigan APLning hech bo‘lmasa bitta jamoasini ayting. U "Arsenal"dagi Martinelli va Trossardan, "Liverpul"dagi Gakpo va "Manchester Siti"dagi Dokudan yaxshiroq. "Tottenxem"da ham u asosiy tarkibda bo‘lardi," - deya Agbonlaxorning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Antuan Semenyo Angliya chempionatining joriy mavsumida o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvda 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:28, 19.10.2025.
O'qildi: 570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик