Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH. Osiyo jahonda yetakchiligini yana bir bor isbotladi!

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH. Osiyo jahonda yetakchiligini yana bir bor isbotladi!

Baho:
+ | -

Norvegiyaning Fyorde shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati Osiyo sportchilarining kuch, texnika va mahoratda dunyoda yetakchi mavqeni egallab kelayotganini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.

Musobaqalar 10 kun davom etdi va unda besh qit’adagi 412 nafar sportchi ishtirok etdi. Eng ko‘p ishtirokchilar Yevropa va Osiyo qit’alaridan bo‘lib, ular jami qatnashchilarning 70 foizidan ortig‘ini tashkil etdi.

Chempionat yakunida jami 144 ta medal — 48 ta oltin, 48 ta kumush va 48 ta bronza medal o‘z egalariga topshirildi. Unda Osiyo sportchilari mutlaq ustunlik ko‘rsatib, 78 ta medal, jumladan 32 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu esa umumiy medallarning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Yevropa jamoalari 24 ta medal bilan chempionatni yakunladi, Panamerika mamlakatlari — 31 ta medal, Afrika — 9 ta, Okeaniya esa atigi 2 ta medal oldi.

Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani muvaffaqiyatli yakunlab, umumiy hisobda kuchli beshlikdan o‘rin oldi. Jumladan, Olimpiya chempioni va jahon rekordchisi Akbar Jo‘rayev —110 kg vazn toifasida mutlaq ustunlik bilan g‘alaba qozondi. U dast ko‘tarishda 196 kg, umumiy hisobda esa 428 kg bilan ikki jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir hamyurtimiz, 2016 yilgi Olimpiya chempioni Ruslan Nurudinov ham a’lo darajada chiqish qilib, yana shohsupaga ko‘tarildi. Bu esa o‘zbek og‘ir atletikasida tizimli tayyorgarlik va yuksak sport maktabi an’analari mavjudligini yana bir bor isbotladi.

Qayd etish kerak, Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinovning g‘alabalari — bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki o‘zbek sportning qudratini, shuningdek, Markaziy Osiyoning jahon sport sahnasinidagi nufuzini yuksaltirgan muhim voqea bo‘ldi.

Manba: https://t.me/uzbek_weightlifting
Kiritildi: 10:23, 19.10.2025.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.