Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Turkiya cuperligasi: Shomurodov gol urgan o‘yinda «Bashakshehir» o‘z uyida «Galatasaroy»ga yutqazdi (videosharh)

Turkiya cuperligasi: Shomurodov gol urgan o‘yinda «Bashakshehir» o‘z uyida «Galatasaroy»ga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasining 9-turidan o‘rin olgan “Bashakshehir” hamda “Galatasaroy” jamoalari o‘rtasidagi bahs 18 oktyabr, shanba kuni Istanbuldagi “Fotih Terim” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv ehtiyotkor ruhda boshlandi. Ilk daqiqalarda jamoalar hujumlar bilan almashib turishdi, biroq tashabbusni asta-sekin «Galatasaroy» qo‘lga oldi. 21-daqiqada Gabriel Sara juda xavfli zarba berdi, darvozabon Muhammed Shengezer muvaffaqiyatli harakat qildi. Biroq tanaffus arafasida Ilkay Gyundogan aniq uzatma berdi, Leroy Sane yaqin masofadan ustun burchakka yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi — 0:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar faollashdi. 48-daqiqada Eldor Shomurodov rikoshetdan keyin birinchi bo‘lib to‘pga yetdi va darvoza chizig‘id oldidan to‘pni to‘rga joyladi. VAR orqali holat tekshirildi va ofsayd tufayli gol bekor qilindi.

Shunga qaramay, 59-daqiqada o‘zbekistonlik hujumchi baribir hisobdagi tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan Olivye Kemen tomonidan yo‘llangan uzatmani Shomurodov darvozaga yo‘llab, “Galatasaroy” posbonini dog‘da qoldirdi.

62-daqiqada Leroy Sane yana sahnaga chiqdi — jarima maydonida to‘pni qabul qilib, chap burchakka aniq zarba yo‘lladi va dublni rasmiylashtirdi — 1:2. Bu zarba bellashuv taqdirini hal qildi.

Qolgan vaqtda «Bashakshehir» bosimni oshirdi, ammo «Galatasaroy» himoyasi ishonchli harakat qildi. Viktor Osimxen va Barish Yilmaz hisobni oshirish imkoniga ega bo‘lishdi, ammo ikkala zarba ham to‘singa tegdi.

«Galatasaroy» muhim safar g‘alabasini qo‘lga kiritib, chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. «Bashakshehir» esa xarakter ko‘rsatdi, ammo hal qiluvchi daqiqalarda xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Turkiya — Superliga.
“Istanbul Bashakshexir” – «Galatasaroy» – 1:2
Gollar: 0:1 – Sane (45'), 1:1 – Shomurodov (48'), 1:2 – Sane (62').

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev jarohat sabab qaydnomaga kiritilmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:36, 19.10.2025.
O'qildi: 1731 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.