Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Mbappe «Real»da Ronaldudan so‘ng bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi

Mbappe «Real»da Ronaldudan so‘ng bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi

Baho:
+-1 | -

Kilian Mbappening yagona goli "Real"ga La Liga doirasidagi "Xetafe"ga qarshi safardagi o‘yinida g‘alaba (1:0) keltirdi.

Fransuz futbolchisi mezbonlar tarkibidagi o‘yinchining chetlatilishidan so‘ng, 80-daqiqada darvozani ishg‘ol qildi. Mbappening hisobida La Liganing joriy mavsumida urilgan o‘nta gol mavjud. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Kilian chempionatning dastlabki to‘qqizta o‘yinidan so‘ng ikki xonali gol ko‘rsatkichiga erishgan Krishtiano Ronaldudan keyingi "Real"ning birinchi futbolchisi bo‘ldi. Portugaliyalik bu natijaga 2014/15 yilgi mavsumda erishgan edi: o‘shanda u belgilangan davrda hayratlanarli 17 marta gol urgan, mavsum yakunida esa 48 ta gol urishga erishgan.

"Qaymoqranglilar" turnir jadvalida "Barselona"dan (22 ochko) ikki ochko oldinda, 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda "el-klasiko" bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:49, 20.10.2025.
O'qildi: 3135 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик