“Milan” hujumchisi Rafael Leau A Seriyaning 7-turida “Fiorentina” ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabada muhim hissa qo‘shdi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Leau 512 kun ichida - 2024 yilning may oyidan beri birinchi marta A Seriya uy uchrashuvida gol urdi. O‘shanda forvard "Salernitana" darvozasini ishg‘ol qilgandi.













