Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Alonso g‘alabadan keyin futbolchilarga dam bermaydi

Alonso g‘alabadan keyin futbolchilarga dam bermaydi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi "Xetafe" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyinoq "Yuventus"ga qarshi bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Yakshanba oqshomida "qaymoqranglilar" La Liganing safar o‘yinida Kilian Mbappening 80-daqiqadagi goli evaziga qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi (1:0). Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, Xabi Alonso dushanba kuni futbolchilarga dam bermaydi. Jamoa chorshanba kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mashg‘ulot o‘tkazadi.

Madrid grandi La Liganing 9 turidan so‘ng 24 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda. Yakshanba kuni chempionlik uchun ikki asosiy da’vogar o‘zaro to‘qnash keladi.

Kiritildi: 12:43, 20.10.2025.
O'qildi: 1395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик