Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

La Liga «Barselona» — «Vilyarreal» uchrashuvini AQSHda o‘tkazish haqidagi qarorini bekor qildi

La Liga «Barselona» — «Vilyarreal» uchrashuvini AQSHda o‘tkazish haqidagi qarorini bekor qildi

Baho:
+ | -4

La Liga o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida 17-tur doirasida AQSHdagi Mayami shahrida bo‘lib o‘tishi kutilgan «Vilyarreal» — «Barselona» o‘yini bekor qilinganini ma’lum qildi.

Uchrashuv 2025 yil 20 dekabr kuni soat 23:00 ( Toshkent vaqti)da o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

«La Liga chuqur afsus bilan ma’lum qiladiki, ispan futboli internasionallashuvi yo‘lida tarixiy va noyob imkoniyat bo‘lgan mazkur loyiha amalga oshirilmaydi. Ispaniya chempionatining rasmiy o‘yinini mamlakatimizdan tashqarida o‘tkazish — musobaqamizni global darajada kengaytirish sari muhim qadam bo‘lardi. Bu nafaqat klublarning xalqaro nufuzini oshirish, balki futbolchilarning tanilishi va ispan futboli brendini AQSH kabi strategik bozorda mustahkamlashga xizmat qilardi», — deyiladi La Liga bayonotida.

Avvalroq tashkilotchilar mazkur bahsni Mayamida yuqori darajada o‘tkazish uchun yetarli vaqt qolmaganini ma’lum qilishgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:58, 22.10.2025.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.