Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ali Ashur: «Andijon»ning 23-raqamdagi futbolchisi bizga katta xavf tug‘dirdi»

Ali Ashur: «Andijon»ning 23-raqamdagi futbolchisi bizga katta xavf tug‘dirdi»

Baho:
+ | -

«Andijon» — “Al-Xolidiya (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ali Ashur qatnashdi.

— O‘yindan oldingi rejamiz bo‘yicha yaxshi natija qayd etishimiz kerak edi. Bugun ikki ochko yo‘qotdik, deb ayta olaman. O‘yin durang bilan tugadi va ikkala klub bir ochkodan qo‘lga kiritdi. Menimcha, bu natija adolatli bo‘ldi. Boshidan o‘yinni yaxshi tashkil qilishga harakat qildik. To‘pni nazorat qildik. Maydon markazida ham nazoratni qo‘lga olishimiz kerak edi. Lekin doim ham biz o‘ylagan reja ish bermaydi. Maydon markazida biroz nazoratni yo‘qotdik. Birinchi bo‘limda «Andijon»ning 23-raqamli futbolchisi bizga katta xavf tug‘dirdi. Qanotlardan tezkorlik bilan jarima maydonchamizga yorib kirishga harakat qildi. Bu esa bizga katta muammolar tug‘dirdi. Tanaffusda futbolchilarimga qanotlarda extiyotkor bo‘lib o‘ynashlarini uqtirdim. Chunki o‘sha qanot xavf tug‘dirayotgandi. Shuning uchun ikkinchi taymdagi o‘zgarish orqali qanotni yopishga harakat qildik. Umuman olganda, bizda ham, raqibda ham imkoniyatlar bo‘ldi. 0:0 hisobidagi durangdan ikkala jamoa ochko oldi.

— Jamoangiz birinchi bo‘limni 30-daqiqasigacha tashabbusni qo‘lga oldi. Undan keyin ancha susayish paydo bo‘ldi. Bu nima bilan bog‘liq?

— Dastlabki daqiqalarda e’tiborimizni raqib jarima maydoniga qaratgandik. Futbolchilar gol urishni juda istashdi. Bu yarim himoyadagi kichkina xatolar. Ular qanotlardan xavfli hujumlar uyushtirishga tushganida bundan futbolchilarimiz biroz esankirab qolishdi. Xato qilmaslik, yarim himoyadan raqibni o‘tkazib yubormaslik haqida ko‘proq o‘ylab qolishdi. Birinchi bo‘limni oxirgi 15 daqiqasi aynan mana shunday holatda o‘tdi. Tanaffusdan keyin shu jihatni ko‘proq yopishga harakat qildik.

— O‘yindan oldingi matbuot anjumanida «Andijon»ni yaxshi o‘rganganingiz haqida aytib o‘tgandingiz. Uchrashuvda «Andijon» ancha tajovuzkor o‘yin ko‘rsatdi. Raqib siz kutgandek ko‘rindimi?

— O‘yindan oldin aytganimdek, yana qaytarishim mumkinki, jamoada yaxshi murabbiy va yaxshi futbolchilar bor. Ha, uchrashuvdan avval ularni shunday o‘yin ko‘rsatishlarini kutgandik. Bunday maydon, bunday muhit va muxlislar qarshisida yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishadi. Sababi, ishqibozlaridan pozitiv energiya olishadi. Bizga qiyin bo‘lishini bilgandik. 23-raqamli o‘yinchisi va jamoa sardori — 18-raqamli futbolchisi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Murabbiyni ularni almashtirib yuborgani menga biroz syurpriz bo‘ldi. Lekin ularni o‘rniga maydonga tushganlar ham yaxshi harakat qilishdi. O‘ynchilarim so‘nggi daqiqalarda raqibga imkoniyat bermaslik haqida o‘ylashdi.

— 5 noyabr kuni endi «Al-Xolidiya» «Andijon»ni qabul qiladi. Javob uchrashuvida qandaydir o‘zgarish bo‘lishi mumkinmi? Umuman, nima kutyapsiz?

— Ungacha 29 oktyabr kuni Qatarda «Al-Ahli»ga qarshi o‘yinimiz bor. Bor e’tiborimiz o‘sha uchrashuvga qaratiladi. 5 noyabr kungi bo‘ladigan o‘yinga kelsak, albatta, bu safargisidan farqli o‘yin bo‘ladi. Bor e’tiborimizni esa undan oldinga bahsga qaratib turamiz.

— «Andijon» muxlislari va “Bobur arena” stadioni sizga qanchalik yoqdi?

— Albatta, muxlislar menga juda yoqdi. Umuman, ishqibozlarni yoqtiraman. Maydon holati va stadion ajoyib. Andijondan juda katta taassurotlar bilan qaytyapman. Odamlari, shahar, mamlakat, taomlari, hammasi menga juda manzur bo‘ldi. Xudo xohlasa, jamoa Bahraynga borganda biz ham xuddi shunday kutib olishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:02, 23.10.2025.
O'qildi: 1578 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.